Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil oktyabr
Qanday ma'lumot yig'amiz
- Akkaunt: ism, username, jins, Telegram orqali tasdiqlangan telefon raqam, Telegram ID va username, parol (faqat shifrlangan ko'rinishda), ixtiyoriy rasm.
- Suhbatlar: murabbiy bilan yozishmalar matni, davomiyligi, hisobotlar va Band baholari.
- Ovoz namunasi: hisobotda talaffuzni baholash uchun suhbat davomidagi ovozingizning qisqa namunasi. U 7 kundan keyin avtomatik o'chiriladi.
- To'lov: buyurtmalar va yuborgan chek rasmingiz.
- Texnik: sessiya cookie'si (kirish uchun), qurilma cookie'si va IP manzil (bepul sinovdan suiiste'molni oldini olish va xavfsizlik uchun).
Nima uchun ishlatamiz
Xizmatni ko'rsatish, suhbatni baholash, progressingizni ko'rsatish, to'lovlarni tasdiqlash, xavfsizlik va (rozi bo'lsangiz) eslatmalar yuborish uchun. Ma'lumotlaringizni reklama uchun sotmaymiz.
Uchinchi tomonlar
- Google (Gemini): suhbat ovozi va matni sun'iy intellekt javobi va hisobotlarini yaratish uchun Google xizmatlariga yuboriladi. Google'ning o'z shartlari amal qiladi.
- Telegram ro'yxatdan o'tishni tasdiqlash, parolni tiklash kodlari va eslatmalarni yuborish uchun.
Saqlash muddati va huquqlaringiz
Suhbat tarixi akkauntingiz mavjud ekan saqlanadi. Ma'lumotlaringizni ko'rish, to'g'rilash yoki akkauntingizni o'chirishni so'rash uchun biz bilan bog'laning: @anorkhulov. Bepul sinovdan suiiste'molni oldini olish uchun xeshlangan kalitlar akkaunt o'chirilgandan keyin ham qolishi mumkin.
Xavfsizlik
Ulanish HTTPS orqali himoyalangan, parollar bir tomonlama shifrlanadi, Gemini kaliti brauzerga berilmaydi. Hech bir tizim 100% xavfsiz emas, shuning uchun parolingizni himoya qiling.
Bolalar
Xizmat 16 yoshdan kichiklar uchun mo'ljallanmagan. «Senzurasiz» rejim 18 yoshdan oshganlar uchun.