IELTS Speaking'ni telefon qo'ng'irog'idek mashq qiling
Murabbiy ovozda savol beradi, xatoingizni o'sha zahoti to'g'rilaydi va to'g'ri javobni o'zi aytib beradi. Murabbiy sun'iy intellekt (AI), shuning uchun istalgan vaqtda, charchamasdan gaplashadi.
Birinchi 20 daqiqa bepul. Karta kerak emas.
Murabbiyni o'zingiz tanlaysiz
Namuna: murabbiy xatoni darrov to'g'rilaydi, so'ng hisobot beradi.
Qanday ishlaydi
Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa oladi. Qolgani telefon qo'ng'irog'iga o'xshaydi.
- 1Murabbiy va rejimni tanlang
Jack, Max, Emma yoki Sophia. Part 1, 2, 3, to'liq mock yoki erkin mavzu.
- 2Gaplashing yoki yozing
Mikrofonga gapiring, xohlasangiz yozib yuboring. Murabbiy xatoni o'sha zahoti to'g'rilaydi.
- 3Hisobot oling
Band bahosi, xatolar ro'yxati va keyingi mashq uchun kartochkalar.
Ichida nimalar bor
Imtihonga tayyorlanish uchun kerakli hamma narsa bir joyda.
Kutish yo'q: murabbiy javobingizni eshitadi va xatoni shu zahoti to'g'rilaydi.
Part 1, Part 2 (cue card va 1 daqiqa tayyorgarlik), Part 3. Oxirida imtihonga o'xshash hisobot.
Murabbiy va sayt o'zbek, rus yoki ingliz tilida. O'zbekcha gapingizni ham tushunadi.
Hamma xatolaringiz bir joyda. Kuniga 5 ta kartochka bilan takrorlaysiz.
Task 1 va Task 2 javobingizga band va aniq tuzatishlar.
Band dinamikasi, ketma-ket mashq kunlari va Telegram orqali eslatma.
Tariflar
Birinchi 20 daqiqa bepul. Keyin o'zingizga mosini tanlaysiz.
Bu rasmiy IELTS bahosi emas. Ball tayyorgarlik uchun taxminiy yo'l-yo'riq. Talaffuz bahosi ovoz yozuvi asosida chiqariladi, shuning uchun aniq bo'lmasligi mumkin.
Savollar
Mikrofon shartmi?
Yo'q. Yozib ham suhbatlasha olasiz, audio xabar ham yuborishingiz mumkin.
Bepul sinov qanday ishlaydi?
Ro'yxatdan o'tgach 20 daqiqa mashq vaqti beriladi. Karta so'ralmaydi.
Murabbiy nega so'kadi?
Faqat siz «Senzurasiz» rejimni o'zingiz yoqsangiz va 18 yoshdan oshganingizni tasdiqlasangiz. Boshlang'ich rejim odobli.
To'lov qanday amalga oshadi?
Hozircha kartaga o'tkazma va chek rasmini yuborish orqali. Tasdiqlangach tarif darrov yoqiladi.
Ovozim saqlanadimi?
Hisobot uchun ovoz namunasi 7 kun saqlanadi va faqat baholash uchun ishlatiladi. Batafsil maxfiylik siyosatida.